Orqaga

1023 marta koʻrilgan

XIX asr

Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari

Rossiya imperiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach, mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozodlik tuyg’ularini so’ndirishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Bu vazifani amalga oshirmay turib, o’z hukmronligini osongina saqlab bo’lmasligini podsho hukumati yaxshi bilardi. Har qanday mustamlakachi davlat harbiy va bosqinchilik yo’li bilan bosib olgan hududning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga harakat qiladi. Turkistonda ham xuddi shu taxlitda ish yuritilib, o’lkani Rossiya imperiyasining asosiy xomashyo bazasiga aylantirishga kirishildi.