11
Ulashish
1006 marta koʻrilgan
1916-yil
Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati
Qo’zg’olon xarakteriga ko’ra milliy ozodlik ko’rinishida yuz berdi, chunki bu qo’zg’olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq ommasi edi. Ular mustamlakachilik tartiblariga qarshi qo’lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari, din-u diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordi. Qo’zg’olonchilar Vatanning haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotlashdi. Mislsiz jasoratlari bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o’rin egallashdi. Mazkur qo’zg’olonlarga rus amaldorlaridan biri: «Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo’shildi», — deb o’lkadagi vaziyatga baho bergandi. Qo’zg’olonchilar mustamlakachi hukumatga qarshi oddiy ish qurollari bilan jang olib bordi.