Orqaga

779 marta koʻrilgan

1917-yil

Turkiston Muxtoriyati — tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich

Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati. 1917-yil 26–28-noyabrda Qo’qon shahrida Butun Turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Turkistonni boshqarish shakli to’g’risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so’zga chiqqanlarning ko’pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e’lon qilinishi o’lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo’llab-quvvatladi.