3
Ulashish
942 marta koʻrilgan
1917-yil
Turkiston oʻlkasi 1917-yil fevral-oktyabr oraligʻida
Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o’z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analariga sodiq qolishni ulug’ ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun o’zbek xalqining ming-minglab sodiq og’lonlari o’z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo’lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston mintaqasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to’xtamagan milliy ozodlik harakati xalqning milliy o’zligini anglashida, o’z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta’sir ko’rsatdi. Ma’lumki, Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo’li bilan, parlament orqali erishishni mo’ljallagan edilar.