Orqaga

783 marta koʻrilgan

XIX–XX

Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlari

XIX asrning oxirgi choragida Afrikada mustamlaka bosqini yanada kuchaydi. Janubdagi qazilma boyliklarga boy yerlarda 70-yillarda olmos va 80-yillarda oltin konlarining topilishi yevropaliklarning «oqib kelishini» yanada tezlashtirdi. Janubiy Afrikani mustamlaka qilishda Buyuk Britaniya asosiy rol o’ynadi. Ko’p o’tmay bu yerga Germaniya ham kirib kela boshladi. Mozambik va Angola kabi yerlarni birlashtirishni portugallar o’z rejalariga kiritishdi. Asosiy mustamlaka o’choqlaridan biri — Burlar Respublikasi (Transvaal va Oranj mustaqil respublikalari) bo’lib qoldi.