Orqaga
Toʻxtamishxon va Temur oʻrtasidagi jang.

1162 marta koʻrilgan

1386–1395

Toʻxtamishxon va Temur oʻrtasidagi jang

Oltin Oʻrda xoni — Toʻxtamishxon hamda sarkarda, Temuriylar imperiyasi asoschisi — Temur oʻrtasidagi Temur-Toʻxtamish jangi 1386–1395-yillar oraligʻida Kavkaz togʻlari bagʻrida, Turkiston va Sharqiy Yevropa hududlarida boʻlib oʻtgan. Ikki moʻgʻul hukmdor oʻrtasidagi urush moʻgʻullar hokimiyatining Rus knyazliklari ustidan boshqaruv taʼsirining kamayishida katta ahamiyat kasb etadi.

1370-yillar oxiri va 1380-yillar boshida Temur Toʻxtamishga amakisi Urusxonga qarshi Oq Oʻrdada hokimiyatni egallashda yordam bergan edi. Soʻngra Toʻxtamish Oq va Koʻk Oʻrdalarni birlashtirib, Oltin Oʻrdani qayta tiklaydi. Shundan keyin Toʻxtamish 1381–1382-yillarda Rus knyazliklaridan oʻch olish maqsadida keng miqyosdagi harbiy yurish boshlaydi. Chunki Rossiyadagi turkiy-moʻgʻul (tatar) kuchlari 1380-yilda boʻlib oʻtgan Kulikovo jangida magʻlub etilgan edi. Taxminan 1383-yilda Oltin Oʻrda Litvani yengadi. Shu tariqa, 1360–1370-yillar oraligʻidagi anarxiya davridan soʻng Oltin Oʻrda qisqa vaqt ichida mintaqaviy hukmron hokimiyat sifatidagi oʻrnini tiklab oladi. Ammo Toʻxtamish Fors hamda Markaziy Osiyo hududlarini egallash ilinjida edi. Shu sababdan ham u oʻzining sobiq ittifoqchisi Temurga qarshi jangga kirishadi.

Jang toʻgʻrisida

1335-yili Ilxoniylar sulolasining soʻnggi hukmdori — Abu Saidning oʻlimidan soʻng Fors hududida nazoratsizlik vujudga keladi. Fors davlatining zaif ekani qoʻshni davlatlarning bu hududga bostirib kirishiga sharoit yaratadi. 1383-yilda Temur bu davlatga harbiy yurish boshlaydi. 1385-yilda u Hirot, Xuroson va Fors sharqidagi barcha yerlarni egallab oladi. Oʻsha yili Toʻxtamishxon Ozarbayjon va shimoli-sharqiy Eronga hujum uyushtirgan edi.

1386-yilda Tabriz shahri (hozirgi Eron hududi) talon-taroj qilinib, Toʻxtamish katta oʻljaga ega boʻladi. 1389–1391-yillarda Temuriy hokimiyat hamda Oltin Oʻrda oʻrtasida shiddatli janglar boʻlib oʻtadi. Qunduzcha daryosi (hozirgi Kondurcha daryosi, Rossiya) boʻyidagi 1-bosqich jangida Temur gʻalaba qozonadi. Toʻxtamish esa muvaffaqiyatsizlikka qaramay, oʻzini tiklab oladi va 1395-yilning bahorida Temuriylar davlatidagi Shirvon viloyatiga (hozirgi Ozarbayjonda joylashgan) hujum qiladi.

1395-yilda Temur Oltin Oʻrdaga soʻnggi hujumini boshlaydi. 1395-yil 15-aprelda Terek daryosi boʻyida boʻlib oʻtgan jangda Temur Toʻxtamishni hal qiluvchi magʻlubiyatga duchor qiladi. Xonlikning eng yirik shaharlari, jumladan, Saroy, Uvek, Majar, Azaq (Azov), Tana va Ashtarxon shaharlari xonavayron qilinadi. Temurning Oltin Oʻrda shaharlariga qilgan hujumi tufayli ilk marotaba gʻarbiy yevropaliklar ham jabr koʻradi. Chunki vayrongarchilik Saray, Tana va Ashtarxon shaharlarida joylashgan italyan savdo koloniyalarining buzilishiga sabab boʻladi. Savdo hamjamiyatlari Tana shahri qamalida Temur bilan muzokaraga kirishish uchun oʻz vakillarini yuboradi. Ammo Temur bu vakillardan hiyla yordamida shaharni razvedka qilishda foydalanadi. Toʻxtamishning sobiq ittifoqchisi boʻlsa-da, Genuyaning Qrim yarimorolida joylashgan Kaffa shahri saqlanib qoladi (zarar yetkazilmaydi).

Terek daryosi boʻyidagi jangda yirik magʻlubiyatga uchragan Toʻxtamishxon taxtdan agʻdariladi va oʻrniga Idiku tayinlanadi. Toʻxtamishxon Ukraina dashtlariga qochib, Litva ulugʻ knyazi — Litovtdan yordam soʻraydi. 1399-yilda bu ikkisi oʻz kuchini birlashtirib, Vorskla daryosi boʻyida Temurga qarshi jangga chiqadi. Ammo Temurning ikki sarkardasi — Xon Temur Qutlugʻ hamda Idiku ularning qoʻshinini magʻlubiyatga uchratadi.

Taxminan 1406-yilda Sibirda Idikuning odamlari Toʻxtamishni qatl etadi. Oʻz navbatida, Idiku ham 13 yildan soʻng Toʻxtamishning oʻgʻli tomonidan oʻldiriladi. Bu jangdan soʻng Oltin Oʻrda qaytib tiklanmaydi. XV asr oʻrtalarida davlat bir qancha kichik xonliklarga, yaʼni Qozon, Noʻgʻay Oʻrda, Qosim, Qrim va Ashtarxon xonliklariga boʻlinib ketadi. Natijada, Rossiya hududidagi tatar-moʻgʻul kuchlari zaiflashadi. Oʻsha vaqtda qonli moʻgʻul bosqinini eslatib turuvchi “moʻgʻul-tatarlar istilosi” butun Rossiya boʻylab tarqalgan edi. Ammo istilo 1480-yilda sodir boʻlgan Ugra daryosidagi Buyuk turish zarbidan oʻziga kela olmaydi. Oltin Oʻrdaning soʻnggi “qoldiq” lari 1502-yilda Qrim xonligi tomonidan yoʻq qilinadi. Oltin Oʻrda parchalanishidan soʻng paydo boʻlgan xonliklar esa 1550-yillardan to XVII asrga qadar boʻlgan davrda Moskva buyuk knyazligi tomonidan qoʻshib olinadi. Qrim xonligi Usmoniylar himoyasi ostida 1783-yilgacha, Qozoq xonligi esa XIX asr oʻrtalariga qadar saqlanib qoldi.



Muqova surat:  wikipedia.org