Orqaga

810 marta koʻrilgan

1892-yil

Toshkentda “Vabo isyoni”

1892-yilning mart oyida Afg’onistonda vabo kasalligi tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida, 7-iyunda esa Toshkentda ham qayd qilindi. Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni yopib qo’ydi. Shu kasallikdan vafot etgan kishilar uchun shahardan chekka joyda maxsus qabristonlar ochish va’da qilindi. Lekin amalda shahardan tashqarida faqat bitta qabriston ochildi. Sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi. Bundan tashqari shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlarni tekshirish ko’pincha uchinchi yo to’rtinchi kuni o’tkazilardi.