Orqaga
Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

795 marta koʻrilgan

1631–1653

Tojmahal

Tojmahal — Boburiylar davlati imperatori Shoh Jahon tomonidan sevimli rafiqasi Mumtoz Mahal uchun qurdirgan ajoyib oq marmarli maqbara. Hindistonning Agra shahri yaqinidagi Yamuna daryosining janubiy qirgʻogʻida joylashgan Tojmahal qurilishi 22 yil davom etgan va 1653-yilda qurib bitkazilgan.

Dunyoning yangi moʻjizalaridan biri hisoblangan nafis yodgorlik simmetriyasi, tuzilish goʻzalligi, murakkab xattotlik namunalari, naqshli qimmatbaho toshlari va ajoyib bogʻi bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi. Tojmahal malika sharafiga qurilgan yodgorlikdan koʻra koʻproq Shoh Jahonning vafot etgan umr yoʻldoshiga abadiy sevgi izhori edi.

Muhabbat hikoyasi

Buyuk Akbarning nabirasi Shoh Jahon sevgilisi bilan birinchi marta 1607-yilda uchrashadi. Oʻsha paytda u hali Boburiylar imperiyasining beshinchi imperatori emas edi. 16 yoshli shahzodani oʻsha payt Xurram deb atashardi. Shahzoda qirollik bozori atrofida sayr qilib, doʻkonlarda ishlaydigan yuqori martabali oila qizlarining koʻnglini olardi.

Shunday doʻkonchalardan birida shahzoda Xurram otasi tez orada bosh vazir boʻladigan va xolasi shahzoda Xurramning otasiga turmushga chiqqan 15 yoshli Arjumand bonuni uchratdi. Garchi bu bir koʻrishda muhabbat boʻlgan boʻlsa-da, ikkalasiga darhol turmush qurishga ruxsat berilmagan. Shahzoda Xurram avval Qandahori Begimga uylanishi kerak edi. Keyinchalik esa u uchinchi xotinini ham oldi.

Shahzoda Xurram 1612-yil 27-martda oʻzi Mumtoz Mahal (saroylardan birining nomi) ismini qoʻygan sevgilisi Arjumandbegimga uylandi. Mumtoz Mahal goʻzal, shuningdek, aqlli va mehribon ayol edi. Jamoatchilik malikani yoqtirib qolgandi, chunki u xalqqa gʻamxoʻrlik qilar edi. Beva va yetimlarning roʻyxatini tuzib, ularga oziq-ovqat va pul berilishini taʼminladi. Juftlik birgalikda 14 nafar farzand koʻrgan, lekin faqat 7 nafari yashab qolgan. Mumtoz Mahal 14-farzandini dunyoga keltirayotib vafot etgan.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahal tasviri / wikipedia.org

Mumtoz Mahalning oʻlimi

Shoh Jahon hukmronligidan 3 yil oʻtgach, 1631-yilda Xon Jahon Lodi boshchiligidagi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Shoh Jahon qoʻshinlarini Agra shahridan 400 mil uzoqlikda joylashgan Dekan shahriga olib chiqib, zulmkorni tor-mor qildi.

Odatdagidek Mumtoz Mahal ogʻir homilador boʻlishiga qaramay, Shoh Jahonga hamrohlik qildi. U 1631-yilning 16-iyunida lager oʻrtasida juda chiroyli bezatilgan chodirda sogʻlom qiz farzand tugʻdi. Avvaliga hammasi yaxshidek tuyuldi, ammo Mumtoz Mahal tez orada vafot etdi.

Shoh Jahon xotinining ahvolidan xabar topgan zahoti uning yoniga yugurdi. 17-iyun kuni erta tongda, qizi tugʻilganidan bir kun oʻtib, Mumtoz Mahal erining qoʻlida olamdan oʻtdi. U darhol islom anʼanalari boʻyicha Burbanpurdagi lager yaqinida dafn qilindi. Uning tanasi u yerda uzoq qolmadi.

Xabarlarda aytilishicha, iztirobga tushgan Shoh Jahon chodiriga borib, 8 kun tinmay yigʻlagan. Chodirdan chiqqanida sochlari oqarib, koʻzoynak taqib, ancha qarib qolgani aytilgan.

Mumtoz Mahalni vatan tuprogʻiga qaytarish

Shoh Jahon 1631-yil dekabrida Xon Jahon Lodiga qarshi kurashda gʻalaba qozonishi bilan Mumtoz Mahalning jasadini qazib olib, Agraga — 435 mil yoki 700 km masofaga olib kelishni soʻraydi. Uning qaytishi jasad bilan birga minglab askar va motam tutuvchilar hamrohligida katta yurishga aylangandi.

Mumtoz Mahal jasadi 1632-yil 8-yanvarda Agra shahriga yetib borgach, aslzoda Raja Jai ​​Singx tomonidan hadya qilingan yerga vaqtincha dafn etilgan. Bu Tojmahal quriladigan joyga yaqin edi.

Tojmahal qurish rejasi

Qayg‘uga botgan Shoh Jahon hayotini oʻzidan oldin qurilganlarni ortda qoldiradigan murakkab va qimmatbaho maqbara qurish loyihasini yaratishga sarfladi. Shuningdek, u ayol kishiga bagʻishlangan birinchi yirik maqbara ekani bilan ham oʻziga xos edi.

Tojmahalning asosiy meʼmori maʼlum boʻlmasa-da, arxitekturaga ishtiyoqi baland Shoh Jahonning o‘zi zamonasining bir qancha eng yaxshi meʼmorlarining hissasi va yordami bilan reja ustida bevosita ishlagan, deb hisoblanadi. Maqsad “mintaqaning toji” boʻlgan Tojmahal “yerdagi jannat” ni ifodalashi kerak edi. Shoh Jahon buni amalga oshirish uchun mablagʻni umuman ayamadi.
Tojmahalning qurilishi

Boburiylar imperiyasi Shoh Jahon hukmronligi davrida dunyodagi eng boy imperiyalardan biri hisoblangan va bu uning yodgorlikni beqiyos darajada ulugʻvor qilish uchun resurslarga ega ekanini anglatardi. Ammo u maqbarani betakror boʻlishi bilan birga tezroq bitishini ham xohlardi.

Qurilishni tezlashtirish uchun 20 000 ga yaqin ishchi olib kelindi va ular uchun maxsus qurilgan Mumtazobod deb nomlangan shaharchaga joylashtirildi. Ham malakali, ham tajribasiz hunarmandlar bilan ish shartnomasi tuzildi.

Quruvchilar dastlab poydevorda, keyin esa 190,2 metr uzunlikdagi gigant asos qismda ishladi. Bu Tojmahal binosining asosi va uning yonbagʻrida joylashgan qizil qumtoshdan yasalgan bir-biriga mos keladigan juftlik binolari, masjid va mehmonxonasi edi.

Ikkinchi poydevorda joylashgan Tojmahal marmar bilan qoplangan gʻishtdan qurilgan 8 burchakli inshoot boʻlishi kerak edi. Koʻpgina yirik loyihalarda boʻlgani kabi quruvchilar balandroq qurish uchun iskala (qurilish narvoni, qurilishda devor yoki bino yoniga metall yoki yogʻochdan qavat-qavat qilib qurilgan muvaqqat qurilma) yaratdi. Ularning iskala uchun gʻisht tanlashi gʻayrioddiy edi va tarixchilarni hayratda qoldirdi.

Marmar

Oq marmar Tojmahalning eng yorqin va koʻzga koʻringan xususiyatlaridan biridir. Qurilishda foydalanilgan marmar 322 km uzoqlikdagi Makrana shahridan qazib olingan. Xabarlarga koʻra, oʻta ogʻir marmarlarni qurilish maydonchasiga sudrab borish uchun 1 000 ta fil va behisob hoʻkizlar kerak boʻlgan.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Asosiy marmar gumbaz, kichikroq gumbazlar va poydevor devorlarining chetidan choʻzilgan dekorativ shpallar / wikipedia.org

Katta marmar boʻlaklarni Tojmahalning baland joyiga olib chiqish uchun 16 km uzunlikdagi ulkan sopol rampa (gʻildirakli narsalar chiqishi uchun qiya yoʻlak) qurilgan. Tojmahal 73 metrga choʻzilgan va oq marmar bilan qoplangan ulkan ikki qavatli gumbaz bilan o‘ralgan. 4 ta yupqa oq marmar minora ikkinchi poydevorning burchaklarida baland boʻlib maqbarani oʻrab turadi.

Bezak ishidagi xattotlik va sayqallangan gullar

Tojmahalning aksariyat suratlarida faqat katta oq bino aks etadi. U yoqimli boʻlsa-da, lekin inshootning asl goʻzalligini to‘la aks ettira olmaydi. Ushbu fotosuratlar noziklikni chetlab oʻtadi va aynan shu tafsilotlar Tojmahalni hayratlanarli darajada nazokatli va boy qiladi.

Masjid, mehmonxona va majmuaning janubiy chekkasidagi katta asosiy darvozada islomning muqaddas kitobi boʻlmish Qurʼondan koʻchirilgan xattotlik parchalari koʻzga tashlanadi. Shoh Jahon ushbu naqshli misralar ustida ishlash uchun usta xattot Amanat Xonni yollagan.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Masjiddagi yoʻlaklar / wikipedia.org

Qurʼon oyatlari mohirona ishlangan, qora marmar bilan qoplangan. Ular binoning ajoyib, ammo yoqimli xususiyatidir. Toshdan yasalgan boʻlsa-da, egri chiziqlar haqiqiy qoʻl yozuviga o‘xshaydi. Qurʼondan 22 ta parchani Amanat Xonning oʻzi tanlagani aytiladi. Qizigʻi shundaki, Amanat Xon — Shoh Jahon Tojmahaldagi asariga imzo chekishga ruxsat bergan yagona shaxs.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Qurʼon oyatlari / wikipedia.org

Tojmahal majmuasida topilgan nozik naqshli gullar xattotlikdan koʻra ajoyibroqdir. “Parchin kari” deb nomlanuvchi jarayonda yuqori malakali tosh kesuvchilar oq marmarga murakkab gul naqshlarini oʻyib, soʻngra ularni qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan oʻyib toʻqilgan uzum va gullar hosil qildi.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Tojmahal devoridagi gul naqshlari / wikipedia.org

Ushbu gullar uchun 43 xil turdagi qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar ishlatilgan va ular dunyoning turli burchagidan olib keltirilgan. Bularga Shri-Lankadan lapis lazuli, Xitoydan nefrit, Rossiyadan malaxit va Tibetdan keltirilgan firuza kiradi.

Tojmahal bogʻi

Islom dinida jannat bogʻ sifatida tasavvur qilinadi. Shuning uchun Tojmahaldagi bogʻ yodgorlikni “yerdagi jannat” ga aylantirishning ajralmas qismi edi. Maqbaraning janubida joylashgan Tojmahal bogʻi 4 ta kvadrat maydondan iborat. Ular markaziy hovuzga quyiladigan 4 ta “daryo” suv (jannatning yana bir muhim islom tasviri) bilan boʻlinadi. Bogʻ va daryolar Yamuna daryosidan murakkab yerosti suv tizimi orqali toʻldirilgan. Afsuski, bu bogʻlardagi oʻsimliklarning nomini aniq aytish uchun hech qanday yozuvlar saqlanib qolmagan.

Shoh Jahonning vafoti

Shoh Jahon 2 yil davomida chuqur motam tutdi va sevimli xotini vafotidan keyin toʻliq oʻnglanmadi. Bu esa Mumtoz Mahal va Shoh Jahonning 4-oʻgʻli Avrangzebga 3 nafar katta akasini oʻldirish va otasini qamoqqa tashlash imkoniyatini berdi.

30 yil imperatorlikdan so‘ng Shoh Jahon 1658-yilda Agradagi hashamatli Qizil qalʼaga joylashtirildi. Tashqariga chiqish taqiqlangan, lekin odatdagi hashamatlari bilan Shoh Jahon hayotining oxirgi 8 yilini derazadan Tojmahalga termulib oʻtkazdi.

Shoh Jahon 1666-yil 22-yanvarda vafot etganida Avrangzeb otasini Mumtoz Mahalning yoniga, Tojmahal ostidagi qabristonga dafn qildi. Tojmahalning asosiy qavatida, dahma tepasida hozir 2 ta ramziy monument (yunoncha “boʻsh qabr” maʼnosini anglatadi) joylashgan. Xonaning oʻrtasida joylashgan monument Mumtoz Mahalga tegishli, gʻarbdagisi esa Shoh Jahon uchun oʻrnatilgan.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Mumtoz Mahal (oʻngda) va Shoh Jahon (chapda) soxta sarkofagi / wikipedia.org

Monumentlar atrofida nozik oʻyilgan toʻrli marmar toʻsiq mavjud. Dastlab u oltindan boʻlgan, ammo Shoh Jahon uni oʻgʻrilar oʻgʻirlash vasvasasiga tushib qolmasligi uchun almashtirgan.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Mumtoz Mahal (oʻngda) va Shoh Jahon (chapda) ning haqiqiy qabrlari / wikipedia.org

Tojmahalning vayron boʻlishi

Shoh Jahon Tojmahalni va uning katta taʼmirlash xarajatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun yetarlicha boy edi, ammo asrlar davomida Boburiylar imperiyasi boyliklarini yoʻqotdi va Tojmahal xarobaga aylandi.

Inglizlar 1800-yillarga kelib davlatdan boburiylarni siqib chiqaradi va Hindistonni egallab oladi. Tojmahal goʻzallikdan mahrum etildi — britaniyaliklar uning devoridan qimmatbaho toshlarni kesib tashladi, kumush shamdon va eshiklarni oʻgʻirladi va hatto oq marmarni chet elga sotishga harakat qildi. Bunga chek qoʻygan odam Hindistonning Britaniya vitse-qiroli Lord Kerzon boʻldi. Kerzon Tojmahalni talon-taroj qilish oʻrniga, yodgorlikni qayta tiklashga harakat qildi.

Tojmahalning hozirgi holati

Tojmahal har yili 2,5 mln kishi tashrif buyuradigan ajoyib maskanga aylandi. Odamlar kunduzi tashrif buyurishi va oq marmarning kun davomida turli xil ranglarda tovlanishini tomosha qilishi mumkin. Har oyda bir marta tashrif buyuruvchilar Tojmahalning oy nurida ichkaridan qanday porlayotganini koʻrish uchun oy toʻlgan paytda qisqa muddatlik tashrif buyurish imkoniyatiga ega.

Tojmahal haqida. Tojmahal tarixi. Tojmahal qurilishi. Tojmahaldagi xattotlik. Tojmahal marmari. Tojmahal bog'i. Shohjahonning vafoti.

Tojmahal quyosh chiqishida asosiy kirish qismi / wikipedia.org

Tojmahal 1983-yilda YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, ammo bu himoya uning xavfsizligini kafolatlamagan. Endi u yaqin atrofdagi fabrikalarning ifloslantiruvchi moddalari va tashrif buyuruvchilarning nafasidan vujudga keladigan ortiqcha namlik oldida ojiz qolgan.



Manba: thoughtco.com
Muqova suratlar: wikipedia.org / freepik.com