Orqaga
Tennis o'yini. Tennis haqida ma'lumot.

786 marta koʻrilgan

XI asr

Tennis oʻyini

Britaniyada — haqiqiy tennis, Avstraliyada — qirollik tennisi, shtatlarda — kort tennisi, Fransiyada — Jeu de Paume deb ataluvchi yoki hammaga maʼlum — tennis barcha raketkali oʻyinlarning eng qadimgisi boʻlib, squash (koptokni devorga urib oʻynaladigan tennisga oʻxshash oʻyin) yoki chim ustidagi tennisdan farqli oʻlaroq, sof ixtiro emas, balki evolyutsiya mahsulidir.

Tennis — yakka va juft formatda oʻynaladigan oʻyin. Yakka tennis oʻynash eng keng tarqalgan usuli boʻlib, ikki oʻyinchi bir-biriga qarshi raqobatlashadi. Oʻyinning maqsadi tennis toʻpini raqib maydoniga urib, raqibni xato qilishga va toʻpni qaytarib bera olmasligiga majburlash orqali ochkolarni yutishdir. Oʻyindagi qoida va talablar oddiyligi uni butun dunyoda juda mashhur qildi.

Tadqiqotlar tennisning kelib chiqishini aniqlay olmadi, lekin eng keng tarqalgan fikr shundaki, u 11–12-asrlarda fransuz rohiblari tomonidan ixtiro qilingan. Asta-sekin rohiblar boshqa monastirlarga sayohat qilishi bilan yanada qiziqarli oʻyin qoidalarni qabul qiladi, gʻalati qoidalardan esa voz kechadi. XIV asrda tennis oʻyni rohiblar orasida shu qadar mashhur boʻlib ketdiki, Rim papasi uni oʻynashni taqiqladi. Shu bilan oʻyin monastirdan qasrga tarqalib, zodagonlar oʻyiniga aylangan.

XVI–XVII asrlar tennisning eng gullagan davri boʻlgan. Oʻsha paytda u Fransiya va Britaniya zodagonlari tomonidan oʻynalgan va Parijning oʻzida 1800 ta oʻyin maydonchasi borligi maʼlum boʻlgan, ammo ularning koʻpchiligi taʼmirga muhtoj edi. Britaniyada tennis oʻyini qirollik oilasi aʼzolari orasida juda mashhur edi.

Qirol Genrix VII ning oʻgʻli Genrix VIII oʻyinda juda mohir edi. Angliya qirollari Charlz I va Charlz II ham ishtiyoqmand oʻyinchilar boʻlgan. Dastlab oʻyin shunchaki qoʻl bilan, keyinroq qoʻlqop bilan oʻynaldi, keyinchalik esa barmoqlarga sim yoki arqon biriktirish gʻoyasi paydo boʻlgan. Bu gʻoya simlarni ramkaga ulash va tutqichli raketka yasash uchun qoʻyilgan kichik qadam edi. Tennis topining tashqi koʻrinishida chim ustidagi tennis toʻpiga oʻxshash boʻlsa-da, oʻzagi qipiqdan yasalib, mato bilan qoplangan va ip bilan mahkam bogʻlanib, keyin kigiz bilan oʻralgandi. Toʻplarning barchasi qoʻlda tikilgan.

Bugungi oʻyinning kelib chiqishi mayor Garri Gem va uning doʻsti Augurio Pereraga borib taqaladi. Ular raketkalar oʻyini va Pelota deb nomlangan tashqarida kroket maysasida oʻynagan ispan toʻpi oʻyini elementlarini birlashtirishi orqali zamonaviy tennis oʻyinini yaratadi. Zamonaviy tennis oʻyinining yaratuvchisi sifatida keng eʼtirof etilgan mayor Uolter Klopton Uingfild oʻyinni yanada rivojlantirdi va 1873-yil dekabrda “Sphairistike” deb nomlangan yangi variantni yaratdi. Bu nom qadimgi yunoncha “toʻp oʻynash mahorati” degan maʼnoni anglatadi. Bundan tashqari u tennis oʻyini asboblarini va qoidalarni yaratadi.

Tennis o'yini. Tennis haqida ma'lumot.

Mayor Uolter Klopton Uingfild tomonidan 1874-yilda ishlab chiqilgan chim tennis korti chizmasi / wikipedia.org

Kelgusi yillarda oʻyin oʻsib bordi va bu Xalqaro tennis federatsiyasining (International Tennis Federation, ITF) tashkil etiladi. Tennis oʻyini — madaniy evolyutsiya, texnologik innovatsiyalar va sport mukammalligining kabi bir nechta bosqichlar boshdan kechdi. Oʻrta asrlarda Fransiyada cherkovda payda boʻlishidan tortib, global sport sifatidagi hozirgi maqomiga qadar, tennis doimiy ravishda rivojlanib, oʻyinchilar va tomoshabinlarning qalbini zabt etdi.



Manbalar: bbc.co.uk / britannica.com / thoughtco.com
Muqova suratlar: pixabay.com / unsplash.com