29
Ulashish
863 marta koʻrilgan
XV asr
Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi
Ulug’bek qatl etilib, oradan biroz vaqt o’tgach, Abdulatif taxt da’vogaridan qutulish maqsadida o’z inisi Abdulazizni o’ldiradi. Shu tariqa otasiga sodiq bo’lgan amirlarga ham suiqasd uyushtirib, temuriylarning Movarounnahrdagi toj-taxtini batamom egallab oladi. Mamlakat fuqarolari tomonidan «padarkush» («ota qotili») deb la’natlangan Abdulatif va uning tarafdorlari taxtda uzoq vaqt o’tira olmadi. Oradan olti yarim oy o’tar-o’tmas Abdulatif saroyda uyushtirilgan fitna qurboni bo’ladi. Muxolafatchi kuchlar Samarqandda Shohruxning nabirasi Mirzo Abdulloni, Buxoroda Mironshohning nabirasi Abu Saidni hukmdor qilib ko’taradi. Oqibatda ikki temuriyzoda o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanadi. Movarounnahr va Xurosonda muttasil davom etib turgan o’zaro kurashlar Dashti Qipchoqdagi hukmdorlar uchun juda qo’l keladi.