Orqaga
Temur – harbiy yetakchi.

1002 marta koʻrilgan

1336–1370

Kengayish davri

Temur keyingi 35 yilni turli urush va safarlarda oʻtkazdi. U hukmronligidagi hududlarni dushmanlar hujumidan himoya qilibgina qolmay, balki oʻzga hukmdorlar yeriga bostirib kirish orqali ham kengaytirishga uringan. Gʻarb va Shimoli-gʻarbga yoʻnalgan istilolari sababli Temur Kaspiy dengizi atrofi, Ural va Volga daryolari boʻyigacha yetib keladi. Janub va Janubi-gʻarb bosqinlari esa Forsning deyarli barcha viloyati, jumladan, Bagʻdod, Karbalo kabi shaharlar, shuningdek, Shimoliy Iroqni ham qamrab olgan.

Temurning eng dahshatli raqiblaridan biri moʻgʻul xoni, Chingizxonning avlodi Toʻxtamishxon boʻlgan. Temurning saroyida qochqinlikdan boshpana topgan Toʻxtamishxon keyinchalik sharqiy Qipchoq va Oltin Oʻrda hukmdoriga aylanadi. Toʻxtamishxon taxtga oʻtirganidan soʻng Xorazm va Ozarbayjonni egallash borasida Temur bilan kelishmovchilikka boradi. Biroq Temur uni ruslarga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlagan. 1382-yilda Toʻxtamishxon moskvaliklar ustiga bostirib kirib, Moskva shahrini yoqib yuboradi.

Pravoslav manbalarining aytishicha, 1395-yilda Ryazan knyazligi chegarasiga yetib kelgan Temur ruslarning Yeles shahrini egallab, Moskva tomon yurish boshlagan edi. Moskvalik buyuk shahzoda Vasiliy I qoʻshini bilan Kolomna shahriga joʻnab, Moskva yaqinidagi Oka daryosi qirgʻoqlariga oʻrnashadi. Ruhoniylar Vladimir shahridagi mashhur Bibi Maryam haykalchasini Moskvaga keltiradi.

Odamlar yoʻl-yoʻlakay tiz choʻkib: “O, Bibi Maryam, Rus yerini saqlab qol!” deb yolvoradi. Shundan soʻng Temur qoʻshini kutilmaganda chekinadi. 26-avgustda Rus yerining Temur hujumidan moʻjizaviy tarzda qutqarib qolingani xotirasiga butun Rus davlati boʻylab “Muqaddas Bibi Maryamning Vladimirdagi haykalchasini kutib olish” bayrami uyushtiriladi.



Muqova surat: wikipedia.org