2
Ulashish
857 marta koʻrilgan
1920-yil
Televideniye (televizor)
Televideniye (grekcha: uzoq va lotincha: video — koʻraman) — harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimi. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga bo’lib uzatishga asoslangan. Kadrlar almashinishi chastotasi tasvir o’zgarishi tezligiga qarab tanlanadi. Televideniye, fan, texnika va madaniyatning ko’rinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bog’liq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat o’zi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni ko’rish istagi bilan hamisha band bo’lib kelgan. Bu istak ko’p xalqlarning afsona va ertaklarida o’z aksini topgan. Masalan, Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan ya’ni xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini ko’zguda ko’rib oshiq bo’lib qoladi. Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika «sehrli ko’zgu» («oynai jahon») ga aylangan XX asrda ro’yobga chiqdi.