Orqaga
Telegraf liniyalari qurilishi tarixi.

754 marta koʻrilgan

XVIII asr

Telegraf liniyalarining qurilish tarixi

Elektr aloqasi gʻoyasi 1746-yilda Parijdagi monastirda 200 nafarga yaqin rohib har biri 25 futlik temir simlar uchini ushlagancha bir milya uzunlikda qatorlashganda boshlanganga oʻxshaydi. Abbat (monastirlar boshligʻi), shuningdek, olim, simga oddiy elektr quvvatini yuborib, barcha rohiblarni bir vaqtning oʻzida elektr toki urishiga duchor qildi. “Bularning barchasi juda ahmoqona tuyuladi, lekin aslida juda muhim, birinchidan, ularning barchasi ʻohʼ deb yubordi, bu ularning chiziq boʻylab signal yuborayotganini koʻrsatdi. Ikkinchidan, ularning barchasi bir vaqtning oʻzida ʻohʼ deyishi ular signalni juda tez yuborayotganini anglatardi ”, deb tushuntiradi Viktoriya davri interneti muallifi va Economistʼdagi texnologiya muharriri Tom Stendej. Agar insonlarga xos aniqlash tizimi ishlab chiqilsa, bu uzoq masofaga signal berish usuli boʻlishi mumkin edi.

Yevropada kechayotgan urushlar va undan tashqaridagi mustamlakalar bilan aloqa qilish uchun bunday signalizatsiya tizimi juda zarur edi. Har xil elektr imkoniyatlari taklif qilindi, ulardan baʼzilari juda ham ahmoqona edi. Ikki ingliz — Uilyam Kuk va Charlz Uitstoun turli harflarni koʻrsatish uchun terish tizimini ishlab chiqdi, ammo bu 5 ta simni oʻz ichiga olardi va uni qurish qimmatga tushardi.

Telegraf liniyalari qurilishi tarixi.

Kuk va Uitstounning 1837-yildagi besh ignali telegrafi / wikipedia.org

Amerikalik Samuel Morze ishlab chiqqan tizim ancha sodda edi, uning tizimi nuqta va chiziqlar kodini yuborish uchun faqat bitta simni talab qiladi. Dastlab faqat bir nechta yuqori malakali kodlovchilar foydalanishi mumkin deb tasavvur qilingan, ammo tez orada koʻp odamlar Morze alifbosini yaxshi oʻrganib olishi mumkinligi maʼlum boʻldi. Telegraf ustunlariga tortilgan aloqa liniyalari tizimi Yevropa va Amerikada keng tarqala boshladi.

Telegraf liniyalari qurilishi tarixi.

Morse telegrafi, 1837-yil, Fransiya / wikipedia.org

Keyingi muammo dengizni kesib oʻtish edi. Britaniya imperiyaga ega boʻlgan orol sifatida bu masalani hal qilish yoʻlini boshqargan. Izolyatsiya qilinishi kerak boʻlgan har qanday kabel uchun Malay yarimorolidagi tropik daraxtdan olingan kauchukka oʻxshash lateksning qoʻllanishi bu ishni bajarish mumkinligini koʻrsatdi. U gutta-percha deb nomlangan. Angliya va Fransiya oʻrtasidagi dengiz kanalini kabel orqali kesib oʻtishga birinchi urinish 1850-yilda sodir boʻldi. Yupqa sim va zich montaj orqali u suvda choʻkmasdan balqib turardi va endi uning vaznini qoʻrgʻoshin quvur bilan oshirish kerak edi.

Telegraf liniyalari qurilishi tarixi.

1844-yil 24-mayda professor Morzening birinchi uzoq masofaga xabar yuborgan surati  / wikipedia.org

Ammo u hech qachon yaxshi ishlamagan, chunki suvning elektr xususiyatlariga koʻrsatadigan taʼsiri hisobga olinmagandi. Fransuz baliqchisi uni dengiz oʻtlarining gʻalati yangi shakli deb oʻylab uyiga olib ketgani maʼlum boʻlgan. Kabelning hajmi bitta qayiq uchun juda kattalik qilar edi, shuning uchun qayiqlardan ikkitasi Atlantikaning oʻrtasidan boshlab kabellarini birlashtirib, qarama-qarshi yoʻnalishda suzib ketishi kerak edi. Ajablanarlisi shundaki, ular 1858-yilda muvaffaqiyatga erishdi va bu Angliya qirolichasi Viktoriyaga Prezident Jeyms Byukenenga (AQSHning 15-prezidenti) telegraf xabarini yuborish imkonini berdi. Lekin 98 ta soʻzdan iborat xabarni joʻnatish uchun 19 soatdan koʻproq vaqt kerak boʻldi va kuchlanishni oshirish orqali tezlikni oshirishga notoʻgʻri urinish bir hafta oʻtib liniyaning ishdan chiqishiga olib keldi.

1870-yilga kelib suvosti kabeli Avstraliya tomon yoʻl oldi. Ehtimol, u shimoliy Darvin portiga kelib, u yerdan sohil boʻylab Kvinslend va Yangi Janubiy Uelsga ulanishi mumkin edi. Bu okeanni bosib oʻtishdan koʻra ulugʻvorroq tashabbus boʻlib, juda katta mashaqqatli jarayonni oʻz ichiga olgandi. Oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun 400 nafar ishchi bilan qoʻy suruvlarini olib borish kerak boʻlgan. Ularga ot va hoʻkiz aravalari, shuningdek, qurgʻoqchil hududlarda ishlay olishi uchun tuyalar kerak edi. Shimolda tropik yomgʻir jamoalarni suv toshqini ostida qoldirdi. Markazda ular tashnalikdan oʻlar holatga yetdi. Avstraliyaning qaynoq “yuragi” dagi muhim tashviqotlardan biri — MakDonnell togʻ tizmasidan oʻtadigan marshrut va boshqa tomondan suv topishni oʻz ichiga olgan.

Suv nafaqat qurilish guruhi uchun zarur edi, balki signalni kuchaytirish uchun har bir necha yuz milyada telegraf retranslyatori boʻlishi va xodimlar ham suv bilan taʼminlanishi kerak edi. Ishchilar orasidagi bir xaritalash guruhi shoʻr suv ichishdan voz kechmoqchi boʻlganida baʼzi aborigenlar (mahalliy aholi) ularga achindi. Avstraliyaning quruqlikdagi tizimida jami 40 000 ta telegraf ustuni ishlatilgan. Ularning baʼzilari daraxtdan kesilgan. Daraxtlar boʻlmagan yoki yogʻochxoʻr termitlar mavjud boʻlgan joylarga esa poʻlat ustunlar olib kelingan.

Nihoyat 1872-yil 22-avgust, payshanba kuni quruqlik liniyalari qurib bitkazildi va ilk xabarlar butun qitʼa boʻylab yuborilishi mumkin edi. Bir necha oy ichida Avstraliya nihoyat suvosti kabeli orqali ham Angliya bilan bevosita aloqaga chiqa oladigan boʻldi. Bu liniya 1942-yilda Yaponiyaning Darvinga hujumi haqidagi xabarlarni yetkazish uchun xizmat qildi. Xabarni yuborish bir necha funtga tushishi va u yer sharining narigi tomonida oʻz manziliga yetib borishi uchun soatlab vaqt ketishi mumkin edi. Lekin shuni ham eslatib oʻtish joizki, endi dunyo hech qachon avvalgidek boʻlmas edi. Hukumatlar oʻz mustamlakalari bilan aloqada boʻlish imkoniyatiga ega boʻldi. Savdogarlar esa yuklarni talab va soʻnggi narxlarga asoslangan holda jo‘natishi mumkin edi. Gazetalarda ham endigina sodir boʻlgan va hali eskirib ulgurmagan yangiliklarni nashr etish imkoniyati paydo boʻldi.

Telegraf liniyalari qurilishi tarixi.

Sharqiy telegraf kompaniyasi: tizim va uning umumiy aloqalari. 20-asr boshlarida telekommunikatsiyaning global qamrovini koʻrsatadigan suv osti telegraf kabel yoʻnalishlari jadvali / wikipedia.org



Muqova suratlar: pixabay.com / wikipedia.org