Orqaga

714 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

Tarixnavislik, san’at va me’morchilik

XVIII–XIX asrlarda Qo’qon xonligida ko’plab tarixiy asarlar yaratilgan. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig’iga binoan «Umarnoma» dostonini yozib tugatgan. U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Yana «Majmuayi shoiron» tazkirasida ham uning ijtimoiy qarashlari o’z ifodasini topgan. Xon saroyida qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan «Shohnomayi nusratpayom» («G’alabadan xabar beruvchi shohnoma») tarixiy asarini yozgan.