2
Ulashish
848 marta koʻrilgan
m. a. VII asr
Tangalar
Tanga, tangalar (turkiy «tamg’a» so’zidan) — metall (oltin, kumush, mis; hozirgi vaqtda misning turli krtishmalari, nikel va alyuminiy)dan yasalgan pul birligi, muomala va to’lov vositasi. Tuxumsimon yoki dumaloq shakli foydalanish uchun qulay. Tangalar aversi (yuzi) va reversi (orqa tomoni) va gurti (cheti) orqali bir-biridan farklanadi. Tangalar deyarli bir vaqtda (mil. av. 8— 7-asr) Lidiya davlati (Kichik Osiyo)da va Egina o. (Yunoniston)da paydo bo’lgan. Tanga pultovar munosabatlarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan va tovar ayirboshlashda ekvivalent rolini o’ynagan boshqa buyumlar (chorva mollar, don, chig’anoq, mato va boshqalar)dan farq qilib, universal to’lov vositasi vazifasini bajargan. Qadimgi Tangalar tasvir (hukmdorning tasviri, unvoni, ismi, gerbi) va izohlar (tanga chiqqan davlat va shaharning nomi, yili) bilan zarb qilingan.