2
Ulashish
692 marta koʻrilgan
1322–1392
Taftazoniy
Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo va unga qo’shni bo’lgan yurtlarni birlashtirgach, Samarqandga tasarruf etilgan barcha mintaqa va viloyatlardan mashhur olim va hunarmandlarni to’play boshlagan. Uning maqsadi IX–X asrlarda bo’lgani kabi islom dunyosining ilmiy markazlari sifatida tanilgan Xorazm, Buxoro va Bag’doddagi «Bayt ul-hikma» ilmiy maktablari an’analarini Samarqandda tiklash bo’lgan. Samarqandga kelgan barcha olimlarga ijod qilishlari uchun poytaxtda yetarlicha qulayliklar yaratilgan. Saroyda, Amir Temur huzurida, erkin ilmiy bahslar bo’lib, g’olib chiqqan olim va shoirlar rag’batlantirilgan, sinovdan o’tgan yirik olimlar yangi qurilgan madrasalarga mudarrislikka yuborilgan. Ilm-fanga, ma’rifatga e’tibor balandligi bois o’sha zamonning ko’pgina olimlari Samarqandga borishni o’zlari uchun sharaf deb bilishgan.