Orqaga

774 marta koʻrilgan

XX asr

Syurrealizm

Syurrealizm (frans. surrealisme — keskin realizm) — XX asrning 10—20-yillarida fransuz adabiyotida paydo bo’lib, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, teatr, kino sohalariga, keyinchalik boshqa mamlakatlar bo’lmish Belgiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, AQSH, Meksika, Yaponiyaga ham tarqalgan avangardlik yo’nalishi. Markiz de Sad, J. Nerval, shuningdek, A. Rembo, Lotreamondan A. Jarri, G. Apolliner va S. Reverdiga qadar bo’lgan yozuvchilar ijodi uning paydo bo’lishida manba vazifasini o’tagan. Syurrealizm vakillari aqliy faoliyatdagi, hatto jamiyat hayotidagi shakllangan tizimni tubdan o’zgartirish da’vosi bilan chiqqanlar. Syurrealizmning yangi adabiy yo’nalish sifatida maydonga kelishida «Litterature» («Adabiyot», 1919 —24) jurnali muhim rol o’ynadi. Bu jurnali atrofida birlashgan L.Aragon,L. Breton, F. Supo kabi yozuvchilar Syurrealizmga asos soldilar. Ko’p o’tmay, ular davrasiga P. Elyuar, R. Desnos, A. Arto va boshqa kelib qo’shilishdi.