Orqaga

750 marta koʻrilgan

XX–XXI

Sovet davlatining parchalanishi va sobiq sovet respublikalarida mustaqillikning eʼlon qilinishi

1991-yilning oxiriga kelib barcha sobiq respublikalar SSSR tarkibidan chiqqanini e’lon qildi. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlari yig’ilib, SSSR siyosiy birlik sifatida tugatilgani va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tuzilganini tasdiqladi. 1991-yil 25-dekabr kuni SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov davlat boshlig’i vakolatlarini o’zidan soqit qilgani to’g’risida bayonot berdi. 1991-yil dekabrda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida beshta Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’lib, unda a’zo davlatlarning tengligi va barchasining MDH ta’sischisi sifatida ittifoqqa qo’shilishi ma’lum qilindi.