0
Ulashish
630 marta koʻrilgan
IX–X
Somoniylar
IX asrda Movarounnahr siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o’z nomidan misdan chaqalar zarb etadi. Ahmad vafotidan (865-yil) keyin o’g’li Nasr taxtga o’tiradi va Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb ettiradi. Ko’p o’tmay aka-uka Nasr va Ismoil o’rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’alaba qozonadi.