Orqaga

723 marta koʻrilgan

819–999

Somoniylar imperiyasi

Somoniylar imperiyasi — shuningdek, Somoniylar sulolasi, Somoniylar amirligi yoki oddiygina Somoniylar nomi bilan ham tanilgan, fors sunniy musulmon imperiyasi boʻlib, kelib chiqishi Eron dehqonidan boʻlgan. Imperiyaning markazi Xuroson va Movaraunnahr boʻlgan; 819-yildan 999-yilgacha Fors va Oʻrta Osiyoni qamrab olgan. Toʻrt aka-uka — Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos Somoniylar davlatiga asos solgan. Ularning har biri Abbosiylar hukmronligi ostidagi hududlarni boshqargan. 892-yilda Ismoil Somoniy (892–907) Somoniylar davlatini bir hukmdor ostida birlashtirib, somoniylar ishlatgan feodal tuzumga amalda barham berdi. Shuningdek, somoniylar Abbosiy hokimiyatidan mustaqil bo’lganlar ham uning davrida edi. Biroq 945-yilga kelib hukumat amalda turkiy harbiy qullar guruhining nazorati ostida boʻlib, Somoniylar oilasining hokimiyati sof ramziy maʼnoga ega boʻldi. Somoniylar imperiyasi Eron Intermezzosining bir qismi bo’lib, u Eron nutqi va an’analarini Islom olamiga olib kiruvchi fors madaniyati va o’ziga xosligini yaratgan. Bu keyinchalik turk-fors madaniyatining shakllanishiga xizmat qilgan.