Orqaga

822 marta koʻrilgan

IX–X

Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

IX–X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanar edi. Yerlar sug’orish tarmoqlari vositasida sug’orilgan va obod etilgan. Serunum vohalarda g’allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog’dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Dehqonchilik solig’i – xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirishga katta e’tibor bergan. IX–X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo’lgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, xo’jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ayniqsa, davlatning harbiy qo‘shinlari, xususan, suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta’min etish muhim ahamiyat kasb etgan.