Orqaga

793 marta koʻrilgan

XIV–XV

Sohibqiron taxti uchun kurash

Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy tomon yurish vaqtida qahraton qish payti O’tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o’n yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat tasarrufiga olingan yerlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho’zilgan ediki, yagona bir markazdan turib boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolafatchi kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutar edi. Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o’rtasida uzoq vaqt davom etgan toj-taxt uchun kurash va ziddiyatlar sabab bo’ldi.