Orqaga

570 marta koʻrilgan

1644–1724

Soʻfi Olloyor

So’fi Olloyor o’zbek mumtoz adabiyotida tasavvuf adabiyoti an’analarini izchil davom ettirib, o’ziga xos maktab yaratgan adib, shoir va mutafakkirdir. Shoir 1644-yilda Kattaqo’rg’on bekligiga qarashli Minglar qishlog’ida Olloquli (Temiryor) xonadonida dunyoga kelgan. So’fi Olloyor dastlab Shayxlar qishlog’i masjidi qoshidagi maktabda, so’ng Buxorodagi madrasalarda ta’lim olgan. Madrasani tugatgandan keyin Jo’ybor shayxlari qo’lida tahsil ko’rgan. So’ng So’fi Olloyor ma’lum bir muddat Buxoroda, Abdulazizxon saroyida soliq yig’uvchi bo’lib ishlagan. Lekin tabiatan rahmdil, ko’ngilchan So’fi Olloyor bu ishda ko’p ishlamadi. Boylik orttirmadi. Ilm olishga, tasavvufni chuqur o’rganishga, badiiy ijodga qattiq kirishib ketdi. Tinmay ijod etdi. Bunga ham qanoat qilmay o’zidan bir pog’ona yuqori turgan mashhur mutasavvuf shayx Habibullohga shogird tushdi. O’n yildan keyin shayxlik martabasiga ko’tarildi.