Orqaga
Shpris tarixi. Shpris ixtirosi. Shprisning yaratilishi.

796 marta koʻrilgan

1853-yil

Shprislar tarixi

Shprislar tibbiyotda muhim asbob sanalib, ming yillar avval ham mavjud boʻlgan. Oddiygina teri osti inyeksiyasi yoki Shotlandiyada jag yoki jab deb ataluvchi jajji tibbiyot asbobi yillar davomida yaxshi rivojlangan. Uning tarixi tajriba hamda innovatsiyalar bilan murakkab tavsiflanadi.

Shpris — suyuqlikni inyeksiya qilish (haydash/yuborish) yoki tortib olish uchun moʻljallangan, ichkarisida havo haydagichi mavjud boʻlgan ichi boʻsh silindr va ingichka ichi boʻsh igna birikuvidan tashkil topgan tibbiy moslama. U bogʻdorchilik va pazandachilikda ham ishlatiladi.

Shpris qismlari

Shpris 3 qismdan iborat:

1. Igna (needle)
Bu oʻtkir ichi boʻsh naycha boʻlib, terini teshib oʻtadi va dorini tanaga yuborish imkonini beradi. Igna shprisning baʻzi odamlarni qoʻrqitadigan qismidir.

2. Barrel (bochkachasi)
Dori inyeksiyadan oldin barrelda saqlanadi va odatda shaffof boʻladi. Igna orqali tanaga yuborilgach, dori shaffof bochkada koʻrinmay qoladi.

3. Havo haydagich va porshen (plunger)

Havo haydagich va porshen qabul qilinadigan dori miqdorini nazorat qilish uchun birgalikda ishlaydi.

Dastlabki shprislar

Dastlabki shprislarda ignalar yoʻq edi, ularning vazifasi tibbiy malham surtish yoki soʻrish boʻlgan. Porshen qismi suyuqlikni shimib olishi uchun orqaga tortilardi va dori yoki suyuqlikni biror joyga surtish uchun tashqariga surilishi mumkin edi. Shprislar dastlabki tibbiyotda koʻzdan kataraktani soʻrish yoʻli bilan olib tashlash va teri orqali dori-darmonlarni qoʻllash uchun ishlatilgan. Ilk ignalar ichi boʻsh qamish, shisha naycha va gʻoz patlari shaklida boʻlgan.

Shotlandiya shifokori Aleksandr Vud 1853-yilda zamonaviy teri osti shprisini ixtiro qilgan. Uning maqsadi ogʻriqni tananing faqat bir qismida davolash edi. U irlandiyalik shifokor Frensis Rind tomonidan ilgari ixtiro qilingan ichi boʻsh ignani porshenga biriktirdi.

Shpris tarixi. Shpris ixtirosi.

Aleksandr Vud, 1873-yil / nms.ac.uk

Oʻzining yangi ixtiro qilgan teri osti shprisidan foydalanib, u ogʻriqni keltirib chiqaradigan joyga ogʻriq qoldiruvchi dori yuborishga muvaffaq boʻldi. Uning birinchi bemori asab shikastlanishidan keyin kuchli ogʻriqni keltirib chiqaradigan nevralgiya bilan kasallangan ayol edi. Uning ogʻriq joyiga ogʻriq qoldiruvchi dori — morfiya (ogʻriq qoldirish xususiyatiga ega narkotik tarkibga ega boʻlgan dori vositasi, xeres (uzum mevasidan qilingan kuchli vino turi) bilan morfin aralashmasi) bilan ukol qilingan.

Shpris tarixi. Shpris ixtirosi.

Doktor Aleksandr Vud tomonidan ishlatilgan shisha shpris / nms.ac.uk

Oʻsha vaqtning oʻzida fransuz ortopedik jarrohi Charlz Gabriel Pravaz ham shprisni ixtiro qiladi. Shpris ikki inson tomonidan bir yilda ixtiro qilinganiga qaramay (ular hech qachon uchrashmagan), mazkur yangilik Vudning foydasiga hisoblandi. Pravazning shprisi shishadan emas, balki kumushdan qilingan. Buning natijasida esa shpris ichidagi bemorga beriladigan dori miqdorini nazorat qilish qiyinlashdi. Pravazning porshen mexanizmi ham Vudnikidan farqli edi, chunki Pravaz qurilmasi porshenni pastga surish oʻrniga vintni ishlatgan.

Ushbu shprisni avvalgilaridan farqli qiladigan narsa — avval terida kesik yoki kesma yaratmasdan, kichik, oʻlchangan miqdorni teri ostiga yubora olish qobiliyati edi. Vud shprisining shisha tomoni dozani koʻrishni osonlashtirdi va porshen dori dozasini koʻproq nazorat qilish imkonini berdi.

Tez orada shprislar yanada takomillashtirildi va oʻlchov raqamlari yon tomonga qoʻshildi. Bu yanada koʻproq nazorat qilish imkonini berdi. Bundan oldin doza taxminan oʻlchanardi, bu esa bemorga dori-darmonlar juda koʻp yoki juda oz miqdorda berilishini anglatadi. Shprislar dizayni ular ixtiro qilinganidan beri oʻzgarmadi.

Foydalanish turiga qarab, shprislar har xil turdagi materiallardan tayyorlanadi. Tarixan shprislar metall va shishadan yasalgan. Bu ularni ishlatilganidan keyin tozalash va qayta ishlatish imkonini berardi. Antiseptiklar tushunchasi paydo boʻlishidan oldin bu kasalliklar tarqalishining asosiy omili edi. Ammo bemorlar oʻrtasida ishlatishdan avval asboblarni sterilizatsiya qilish muhimligi aniqlangandan soʻng igna va shprislar foydalanish oraligʻida sterilizatsiya qilinadigan boʻldi. Bugungi kunda biz koʻrgan shprislarning aksariyati zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan ignalari boʻlgan plastik va bir martalik ishlatiladigan shprislardir. Bu har safar ishlatilganda ular steril boʻlishi va kasallik tarqalmasligini taʼminlash uchun kerak.

Shprislardan qayta foydalanish

Plastik shprislar bir martalik foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa-da, baʼzi hollarda, yaʼni materiallar kam boʻlgan holatlarda ular qayta ishlatiladi. Bu ayrim kasalliklar, ayniqsa, gepatit va OIV tarqalishiga olib kelishi mumkin. 1990-yillarning oxirida paydo boʻlgan K1 auto-disable shprisi faqat bir marta ishlatishga moʻljallangan edi. Shpris porshenini pastga bosgandan soʻng uni orqaga tortib boʻlmaydi, bu haqiqatan ham bir martalik foydalanishni taʼminlaydi. Ushbu shpris ignalarni qayta ishlatish orqali kasallikning tarqalishiga qarshi kurashish uchun ixtiro qilingan.

Shpris tarixi. Shpris ixtirosi.

K1 avtomatik oʻchirish shprislari toʻplami, 2011 yil / nms.ac.uk

Zamonaviy shprislar

Bugungi kunda COVID-19 vaksinasi uchun foydalanilayotgan shprislar kolleksiyalarimizdagi tarixiy shprislarga juda oʻxshaydi.

Shpris tarixi. Shpris ixtirosi.

COVID-19 “AstraZeneca” vaksinasi (shisha flakonda) va emlash uchun shpris / nms.ac.uk

Zamonaviy shprislar tibbiyotda odam va hayvonlar uchun turli maqsadlarda qoʻllanadi:

— tanaga dori yuborish;
— vena qon tomiriga muolaja qilish;
— teriga yelim yoki moylovchi tarkibli aralashma surtish;
— suyuqlikni oʻlchash va shimdirib olish.



Manba: nms.ac.uk
Muqova surat: nms.ac.uk