Orqaga
Shokirjon Rahimiy hayoti, faoliyati, ilmiy-adabiy merosi

802 marta koʻrilgan

1898–1938

Shokirjon Rahimiy

Ma’rifatparvar jadid Shokirjon Rahimiy 1898-yilda Toshkentda tug’ilgan. Otasi Rahimjon ziyoli inson bo’lib farzandlarining tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor bergan. Ammo kasallik bois erta vafot etgan. Onasi Sharofatxon farzandlari Sobirjon, Shokirjon va G’ofurjonni keyingi tarbiyasi bilan o’zi shug’ullangan. Tikuvchilik qilib oila turmushini tebratgan. Dastlabki ta’limni otasining maktabida olgan. U 1903–1909-yillarda madrasa tahsilini ko’rgan. Shuningdek, kechki rus-tuzem maktabida o’qigan. Shokirjon Rahimiy 1919-1921-yillarda Toshkentdagi maorif institutini tamomlagan. Shokirjon Rahimiy mehnat faoliyatini maktabda muallimlikdan boshlangan. Toshkentning Taxtapul mahallasida otasi ochgan «Rahimiya» maktabida 1909-1919-yillarda muallimlik qilgan. Maqolada Shokirjon Rahimiy haqida to’liq ma’lumotlar bilan tanishing.