Orqaga
1918-1936-yillarda Afrika mamlakatlari.

867 marta koʻrilgan

1919–1936

XX asrning 1-yarmida Shimoliy Afrika va mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashlari

Versal tinchlik shartnomasiga ko’ra, Afrikadagi Germaniya koloniyalari Fransiya va Angliya o’rtasida bo’lib olinadi. Germaniyaga tegishli bo’lgan Tanganika Angliya qo’liga o’tadi, hozirgi Namibiyani Janubiy Afrika Ittifoqi o’z nazoratiga oldi, Togo va Kamerun Angliya va Fransiya o’rtasida taqsimlandi. Bitimlarda vijdon erkinligining saqlab qolinishi haqida gap borardi. Biroq mustamlakachilar, asosan, mavjud tartib va taomillarni saqlab qolish qoidasidan kelib chiqib ish yuritardiki, bu tartibni himoya qilish uchun kuch ishlatishgacha bo’lgan cheksiz hukmronlikni anglatardi.