Orqaga

862 marta koʻrilgan

XX-XXI

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag’darilishi turlicha ko’rinishda amalga oshirildi. Qayta qurish davrida faol islohotlar olib borgan, mafkuraviy plyuralizmni o’rnata olgan va rahbarlari o’zgarish muqarrarligini his qilgan mamlakatlarda sotsializmning qulashi ancha silliq kechdi. Polshada aholining mamlakatdagi sotsialistik tuzumdan norozilik namoyishlari 1988-yildan boshlab kuchayib bordi va ular siyosiy islohot, Lex Valensa boshchiligidagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining erkin faoliyat yuritish huquqini talab qildi.