Orqaga
Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo hayoti, faoliyati, ilmiy-adabiy merosi. Yetti iqlim bayoni asari mazmuni. Sadr Ziyoning xattotlik faoliyati.

530 marta koʻrilgan

1865–1932

Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo

Sadr Ziyo 1865-yili 24-fevral kuni Buxoroning Ziyovuddin tumanida tug’ilgan. Bu paytda otasi Abdurasul o’g’li Abdushukur ushbu tuman qozisi bo’lib, o’z davrining ilg’or ziyolilaridan hisoblangan. Amir Nasrulloxon davrida Abdushukur madrasasini tugatib, Buxoro shahridagi Arab Avazboy, Bozori Go’sfand, Mulla Ernazar, Miskin, Muhammad Sharif va Tursunjon kabi madrasalarda mudarrislik qilgan. Taxtga chiqish marosimi Samarqand Ko‘ksaroyida o‘tkazilgan so‘nggi o‘zbek hukmdori – amir Muzaffar hokimiyat tepasiga kelgach, Abdushukurni qozilik lavozimiga tayinlaydi va u Chorjo’y, Ziyovuddin va Qorako’lda qozilik qiladi. Sadr Ziyo katta kutubxona tashkil etgan va unda ko‘plab nodir asarlar saqlagan. Maqolada Sadr Ziyo hayot faoliyat yo’li bilan batafsil tanishishingiz mumkin.