1
Ulashish
756 marta koʻrilgan
1415–1454
Sharafiddin Ali Yazdiy
Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur «Zafarnoma» asarining muallifi sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlangan muarrixlardan bo’lib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning 1-yarmiga to’g’ri keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft qishlog’ida (Tafti-Yazd deb ham atalgan), taxminan XIV asrning oxirgi choragida tug’ilgan. Uning tarjimayi holi haqidagi ma’lumotlar o’zining va zamondoshlarining asarlarida keltirilgan dalillardan iborat. Uning otasi Shayx Hoji o’z davrining yirik olimlaridan sanalib, tariqat ahli — so’fiylar bilan hamfikr bo’lgan. Manbalarda aytilishicha, Sharafiddin Ali ham yoshligida Yazd so’fiylari bilan yaqin aloqada bo’lgan.