2
Ulashish
840 marta koʻrilgan
870-yil
Serblarning nasroniylashuvi
Vizantiya imperiyasi hamda Osiyoning yarim koʻchmanchi xalqlari oʻrtasidagi chegarada joylashgan janubiy slavyanlardagi beqaror ahvol serblarning maʼlum darajada mustaqillikka erishishiga yordam berdi. Serb ijtimoiy institutining asosi zadruga, yaʼni yaqin qarindoshlardan iborat oila edi. Hududdagi bir nechta zadrugalar zupan, yaʼni qabila sardori qoʻl ostida guruhlangan. Qarindoshlik va hududiy birlik ijtimoiy institutda muhim ahamiyat kasb etgani tufayli kattaroq guruhlarda barqaror tinchlik hamda hamkorlik oʻrnatish qiyinchilik tugʻdirgan. Bir qancha zupanlar baʼzi hollarda buyuk zupan yoki buyuk qabila sardori qoʻlida birlashishi mumkin edi. Ular qisqa vaqt ichida katta hudud ustidan nazorat oʻrnatib, oʻzini qirol yoki imperator deb eʼlon qilishga muvaffaq boʻlardi.
Serblarni siyosiy jihatdan biriktirgan birinchi shunday davlat 850-yillar atrofida Vlastimir tomonidan barpo etildi. Rashka deb nomlangan davlat markazi hozirgi Sharqiy Chernogoriya va Janubiy Serbiya hududlarida joylashgan boʻlib, Piva, Tara, Lim vodiylari hamda Ibar daryosiga qadar masofani egallagan (yoki taxminan Durmitor va Kopaonik togʻ tizmalari orasida). Qirollik avvaliga Konstantinopolning rahbarligini qabul qiladi. Keyinchalik esa davlat birinchi Bolgar imperiyasi hukmdori Simeon I va Serb qirollik buyuk zupani Chesla (laqabi Zeta) oʻrtasidagi raqobat tufayli parchalanib ketadi. Cheslavning oʻlimidan soʻng Vizantiya mamlakat boʻylab yana nazorat oʻrnatadi.
Ilk serb proto-davlatlarining ahamiyati aholi hamda pravoslav nasroniyligining slavyan marosimlari anʼanasi orasidagi mustahkam aloqalarida koʻrinadi. Nasroniylik Bolqon yarimoroliga Rim davrida kirib kelgan. Biroq slavyanlar hududga kirib kelgan davrga qadar aholi buddaviylikka qaytib bo‘lgan edi. Missionerlarning VII asrdayoq mintaqada faol boʻlgani toʻgʻrisida bir qancha maʼlumotlar bor. IX asr oxiriga kelib Vizantiya imperatori Mixail III salonikalik ikki aka-uka Kiril (Konstantin) va Mefodiyni slavyanlarga nasroniylikni qabul qildirish uchun yuboradi. Mixail Kiril va Mefodiyni xalq tilida vaʼz qilishga hamda slavyan tilining fonetik xususiyatlaridan foydalangan holda yozuv ixtiro qilishga undadi. Avvaliga glagolit deb atalgan alifbo keyinchalik yunon yozuvidagiga oʻxshash belgilarni joriy etish uchun qayta koʻrib chiqildi va Kiril alifbosi nomi bilan mashhur boʻldi.
Muqaddas bitiklar, ibodat qilish va marosimlarning tarjima qilinishi nasroniylikning serblar orasida yoyilishi uchun muhim omil boʻldi. Bolqon yarimoroli xalqlarining katta qismiga sharqiy cherkovning taʼsiri taʼminlandi, Kiril alifbosidan foydalanish (bolgar, makedon va chernogoriyaliklar bilan birgalikda) serblarni xorvat va slovenlardan ajratib turuvchi aniq madaniy xususiyatga aylandi.
Manba: britannica.com
Muqova surat: wikipedia.org