Orqaga
Sentimentalizm haqida ma'lumot. Sentimentalizm tarixi.

150 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

Sentimentalizm

Sentimentalizm (frans. sentiment — histuyg’u) — 18-asr 2-yarmi — 19-asr boshida Yevropa va AQSH adabiyoti va san’atidagi oqim. Sentimentalizmda hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, insonning qadr-qimmatini aniqlovchi asosiy me’yor sifatida talqin qilinadi. Dastlab sentimental kayfiyatlar J. Tomson («Yil fasllari», 1730), E. Yung («Tungi yo’llar», 1742—45), T. Grey («Qishloq qabristonida yozilgan marsiya» 1751) kabilar she’riyatida va O. Goldsmit, S. Stern nasriy asarlarida ko’zga tashlanadi. Sentimentalizmning Fransiyadagi yirik vakillari — A.Prevo, J.J.Russo va boshqa Sentimentalizm aql-idrokdan ko’ra his-tuyg’uni ustun qo’yish asosida inson shaxsini tasdiqlashning yangi shakli edi. Sentimentalizm ruhidagi asarlarda inson his-tuyg’ulari har tomonlama badiiy tadqiq qilinib, psixologik tahlilga keng o’rin beriladi. Ayniqsa, his-tuyg’ularning tabiiyligi ulug’lanadi. Sentimentalizm yo’nalishidagi asarlarda his-tuyg’uning ustuvor qo’yilishi insonning nafaqat o’z olami, balki tabiatga bo’lgan munosabatini ham o’zgartirdi. Sentimentalizmda tabiat inson kechinmalariga hamohang tarzda, uning ichki dunyosini chuqurroq ochishga yordam beruvchi vosita sifatida namoyon bo’ldi. L. Sternning tugallanmagan «Sentimental sayoxat» (1768) asaridan ta’sirlangan D. Yum insonning o’z-o’ziga qaytishi, o’z-o’zini anglashi to’g’risida irratsional nazariyalar yaratdi.