6
Ulashish
880 marta koʻrilgan
1880-yil
Saqich tarixi
Ehtimol, saqich biz koʻp oʻylaydigan narsa emasdir, lekin u hayotimizda asosiy narsaga aylanib ulgurdi va bizning choʻntaklarimizdan har doim topiladigan mahsulot ham aynan u. Biz unga kun davomida bir necha marta murojaat qilamiz va eng kerakli paytda yonimizda yoʻq boʻlsa, bu bizni asabiylashtiradi. Ushbu yalpizli gazakka boʻlgan muhabbatimiz qanday boshlangan?
Bugungi kunda saqichning juda koʻp turlarini topishingiz mumkin. Agar siz anʼanaviy yalpizli saqichning muxlisi boʻlmasangiz, turli xildagi boshqa taʼmlarni ham sinab koʻrishingiz mumkin, masalan, dolchinli yoki limonli saqichni. Siz tushunmasligingiz mumkin boʻlgan narsa shundaki, odamlar ming yillar davomida bugungi saqichning boshqa alternativlaridan foydalanib kelgan. Uning tarixi haqiqatan ham juda qiziqarli. Turli sivilizatsiya odamlari koʻp yillar davomida ogʻzini koʻp narsalar bilan band qilgan, lekin aslida qadimgi davrlarda eng koʻp chaynalgan narsa daraxt qatroni saqichlari edi. Xuddi shu effektni olish uchun ishlatilgan boshqa materiallarga barg, don, shirinoʻt va mumlar kiradi. Yunonistonda qadimgi aholi mastikani (mastik daraxtining xushboʻy qatroni) chaynashni xush koʻrar edi, shimoliy amerikaliklar esa archasimon daraxtdan olinadigan shira bilan nafasini xushboʻylashtirar edi. Ushbu amaliyot ana shu aholi bilan muloqotda boʻlgan yevropaliklar tomonidan ham qabul qilingan.
Qadimgi davrlarga qaytadigan boʻlsak, maʼlum bir sivilizatsiyalarda, misol uchun azteklarning madaniyatida jamoat joylarida saqich chaynash mutlaqo nomaqbul holat sanalgan, ayniqsa, erkaklar uchun. Haqiqatan ham jamoat joylarida saqichlarni bemalol chaynashi mumkin boʻlgan odamlar — bolalar va turmushga chiqmagan ayollar boʻlgan. Agar siz erli ayol yoki beva boʻlsangiz, uyingizda hech kimga koʻrsatmay chaynashingiz kerak boʻlgan. Agar erkak kishi boʻlsangiz va bir boʻlak saqich xohlasangiz, uni faqat yashirincha olishingiz mumkin edi.
Yevropaliklar Shimoliy Amerikaga yetib kelganidan soʻng ular darhol shimoliy amerikalik hindularning daraxt qatroni tendensiyasiga kirishib ketdi. Bir necha yuz yil oldinga, 1840-yillarga kelib, Jon Kertis ismli kishi ilk saqich zavodini ishga tushirdi. U qatronni qaynatib, soʻngra ularni bir-biriga yopishib qolmasligi uchun uzun ingichka boʻlaklarga kesib, makkajoʻxori kraxmaliga solib qoʻydi. Biroq odamlar taʼmi u qadar zoʻr boʻlmagan va biroz chaynaganingizdan soʻng boʻlaklarga boʻlinib ketuvchi qatronli saqichlarni unchalik xush koʻrmas edi. Keyin u retseptni oʻzgartirishga qaror qildi va unga parafin mumi kabi tarkibiy qismlarni qoʻshdi.
Saqich tarixidagi yana bir muhim shaxs — bugungi kundagi biz bilgan saqichning yaratilishiga masʼul boʻlgan Tomas Adam nomi bilan tanilgan. Nyu yorklik ixtirochi Tomas Meksika prezidenti Antonio Lopez de Santa Anna bilan aloqada boʻladi, u chiklni (chikl —sapodilla daraxtidan olinadigan sutli lateks moddasi) kauchuk (rezina) oʻrnini bosuvchi moddaga aylantirishda yordam soʻradi. U bu ishni bajarish orqali juda ham boyib, kuchli insonga aylanaman deb oʻylagan edi. Baxtga qarshi, reja muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Tomas koʻp vaqt sarflab, oz natija olgani uchun Santa Anna loyihadan voz kechishga qaror qildi. Bir xil ishni takrorlash oʻrniga, Tomas Adams chikl bilan koʻproq shugʻullanishga va oʻsha paytlardagi bozorlardan topiladigan saqichning oʻrniga yaxshiroq variantini ishlab chiqarishga qaror qildi. Tomas 1880-yillar oxirigacha mamlakat boʻylab mahsulotlarini sotadigan saqich kompaniyasiga asos soldi. Haqiqatda chikl 1990-yillar oʻrtalarida uning oʻrnini sunʼiy ingrediyentlar egallaguniga qadar saqich tayyorlashda asosiy tarkibiy qism sifatida ishlatilgan.
Bugungi kunda saqich million dollarlik sanoatga aylangan. Ammo baʼzi odamlar saqich tarkibidagi moddalar nosogʻlom ekanini tushunmasligi mumkin. Haqiqatan ham saqich oʻz tarkibiga koʻplab sunʼiy shirinlashtirgichlar, shakar, aspartam va hatto plastiklarni jamlaydi. Koʻp saqichlar biologik parchalanmaydigan boʻlganligi sababli ularning tabiatga yetkazadigan fojiali taʼsiri haqida eslatmasak ham boʻladi.
Odamlar atrof-muhitga va salomatligiga ongli ravishda ehtiyotkor munosabatda boʻla boshlagani sababli biz koʻp yillar davomida bilgan saqichning takomillashtirilgan versiyasiga ehtiyoj bor edi. Ushbu talabga javoban Chewsy Gum kompaniyasi oʻsimlik asosidagi, biologik parchalanadigan va “anʼanaviy” saqich tarkibidagi zararli moddalardan xoli mahsulotlarni yaratdi.
Manba: chewsygum.com Muqova suratlar: history.com / pixabay.com