Orqaga

1169 marta koʻrilgan

m. a. 312–63

Salavkiylar imperiyasi

Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo’linib ketdi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarildi. Uzoq davom etgan o’zaro urushlardan keyin, mil. avv. 312-yilda kichik Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo’ldi. Salavka davlatining tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona kirar edi.