Orqaga
Siddiqy Ajziyning ilmiy-adabiy merosi haqida batafsil.

542 marta koʻrilgan

1864–1927

Saidahmad Hasanxoʻja oʻgʻli Siddiqiy

Ajziy — maʼrifatparvar shoir, tarjimon. Milliy uyg’onish davrining yirik vakillaridan biri. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi. Ajziy 1864-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlog’ida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qo’lida voyaga yetdi. Yangasi qo’lida savod chiqardi. Samarqand, Buxoro madrasalarida o’qigan. arab, fors, ozarbayjon tillarini mukammal bilgan. Keyinroq rus tilini ham o’rgangan. 1901-1903-yillarda Kavkaz, bir qator Arab mamlakatlari va Rossiyaga sayohat qilgan. Jiddada ma’lum muddat rus elchixonasida tarjimon bo’lgan. Samarqandga qaytgach, shahar yaqinidagi Halvoyi qishlog’ida yangi usuldagi maktab ochib, o’qituvchilik qilgan. Lev Tolstoy hikoyalarini, Krilov masallarini, Gogolning «Shinel» povestini oʻzbek va tojik tillariga tarjima qilgan. Maqola shoir va tarjimon hayoti hamda ijodiga bag’ishlangan.