Orqaga

1145 marta koʻrilgan

XIX–XX

Rossiya imperiyasi tomonidan Oʻrta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi

Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o’z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o’rnatishga harakat qildi. Bunda, eng avvalo, xonliklar to’g’risida ko’proq ma’lumotlar to’plash maqsadida o’z elchilarini bu yerlarga jo’natdi. Pyotr I hukmronligi davridayoq Aleksandr Bekovich Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspeditsiya jo’natilgan. Ammo bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so’ng podsho hukumati harbiy istehkomlar qurishga kirishdi.