Orqaga

961 marta koʻrilgan

m. a. I asr

Rim respublikasida qullar va gladiatorlar

Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar soni nihoyatda ko’payib ketdi. Erkin rimliklar tasavvuricha, qul butunlay quldorning ixtiyorida bo’lgan bir buyumdek edi. Qullarning qadri bo’lmagan, chunki ular judayam arzon turardi. Rim davlatidagi qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi mutlaqo bo’lmagan. Ularga haq to’lanmas edi. Shuning uchun qullar mumkin qadar kamroq va yomonroq ishlardi. Bora-bora qullar mehnati unumdorligi kamayib ketdi. Qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo’ldi. Ko’plab quldorlar qullarni yer ijarachilariga aylantira boshladi. Qullar qo’zg’olonidan qo’rqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o’z yerlarini kichik mulklarga bo’lib tashladi va erkin kambag’allarga ijaraga tarqatib bera boshladi.