Orqaga

995 marta koʻrilgan

m. a. I asr

Rim respublikasining qulashi

Qullar qo’zg’olonlari quldorlarni qattiq qo’rquvga solib qo’ydi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo’lmish harbiy diktatura o’rnatilishi zarurligi to’g’risidagi masala ko’ndalang turar edi. Senatorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni ta’minlay olmas edi. Mil. avv. I asrda muntazam yollanma qo’shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi. Yollanma askarlarni Rimning harbiy kuch-qudrati va davlatning kuchayishi emas, faqat o’lja qiziqtirardi. Yollanma askarlar uchun kimlar bilan jang qilish yoki kimlarni talashning farqi bo’lmagan.