Orqaga

731 marta koʻrilgan

m. a. 509–27

Rim respublikasida boshqaruv

Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qilish uchun Xalq majlisini chaqirgan. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni tasdiqlar va bekor qilar, barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqlagan, lotinchadan tarjima qilinganda «senat» so’zi «oqsoqollar kengashi» degan ma’noni anglatadi. Rimning tub aholisi patritsiylar, Rimga ko’chib kelgan odamlar va ularning avlodlari plebeylar deb atalgan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi.