Orqaga
Rentgen nurlari haqida ma'lumot. Rentgen nurlarini kim qachon ixtiro qilgan? X nurlar haqida. Rentgen nurlaridan foydalanish haqida batafsil.

784 marta koʻrilgan

1895-yil

Rentgen nurlari

Rentgen nurlari —  zaryadlangan zarralar yoki fotonlarning muhitni tashkil etuvchi atomlari bilan o’zaro ta’sirlashishlari natijasida vujudga keluvchi elektromagnit nurlanish. Ularning to’lqin uzunliklari 14m dan 10~7m gacha bo’lgan qiymatlarga teng bo’lishi mumkin. Rentgen nurlarini 1895-yilda V. K. Rentgen kashf qilgan. Rentgen bu nurlarni X nurlar deb atagan (hozirgi vaqtgacha ham ayrim mamlakatlarda X nurlar deyiladi). Ular katta tezlikdagi elektronlarning moddada tormozlanishi natijasida paydo bo’ladi. Rentgen nurlari amalda rentgen trubkasi yordamida hosil qilinadi. Rentgen nurlari singan suyaklarni tekshirish, ayrim turdagi kasalliklarni aniqlash, ba’zi metallarni aniqlash va po’latdagi zaif nuqtalarning joylashishini aniqlash kabi usullarda ham qo’llaniladi.