Orqaga
Reformatsiya davri haqida ma'lumot.

140 marta koʻrilgan

XVI–XVII

Reformatsiya davri

Reformatsiya (lot: reformatio o’zgartirish, isloh qilish) — 16-asrda G’arbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi harakterda bo’lib, katolik cherkoviga qarshi kurash tusini oldi. 1517-yil Germaniya da Martin Lyuterning katolik cherkoviga qarshi chiqishi bilan boshlangan. Protestantizm mafkurachilari katolik cherkovi, uning iyerarxiyasi va umuman ruxoniylarning zarurligi amalda inkor qilingan g’oyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va boshqalarga bo’lgan huquqlari inkor etildi. Protestantizmning asosiy oqimlari: byurger oqimi (Lyuter, J. Kalvin, U. Svingli); katolik cherkovini yo’qotish talabini tenglik urnatish uchun kurash bilan bog’lagan xalq oqimi (T. Myunser, anabaptistlar); uz hokimiyatini mustahkamlash va cherkovga tegishli yerlarni tortib olishga intilgan, dunyoviy hokimiyat manfaatlarini ifodalovchi qirol-knyazlik oqimi. Protestantizmning g’oyaviy bayrogʻi ostida 1524—26-yillarda Germaniyada Dehqonlar urushi, Niderlandiya va Angliya inqiloblari bo’lib o’tdi. Protestantizm protestantizmta asos solindi.

Maqola tez orada toʻldiriladi.