Orqaga

541 marta koʻrilgan

1886–1930

Rahmat Rafiqov

Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Rahmat Rafiqov 1886-yili Buxoro shahrida Abdullabek xonadonida tug’ilgan. 1917-yilda Yosh buxoroliklar partiyasi Markaziy Qo‘mitasi tarkibiga kiritilgan. 1920-yil 1-8-sentabrda Bokuda bo’lgan Sharq xalqlari qurultoyining qatnashchisi. Buxoro Kommunistik partiyasining tashkilotchilaridan biri. Buxoroda amirlik tuzumi ag’darib tashlangach, Rahmat Rafiqov BXSR adliya xalq noziri, tashqi ishlar xalq noziri, ichki ishlar xalq noziri lavozimlarida ishladi, shuningdek, Butun Buxoro Markaziy Ijroiya Komitetining Sharqiy Buxoro ishlari bo’yicha diktatorlik komissiyasining raisi bo‘lib turdi. O‘zbekiston SSR tuzilgach, u 1925-yil fevraldan ichki ishlar xalq komissari lavozimini egallagan. Maqolada Rahmat Rafiqov haqida yanada ko’proq va batafsilroq ma’lumotlarga ega bo’lasiz.