Orqaga

541 marta koʻrilgan

1900–1951

Rafiq Moʻmin

Rafiq Mo’min 1900-yilning 7-fevralida Namanganda faqir va serfarzand oilada tavallud topgan. Uning otasi Mulla Mo’min kosibchilik qilib nochor hayot kechirsa ham, ammo maʼnaviy sog’lom, boy turmush kechirgan, desak xato bo’lmas. Nega deganda, u o’z xonadonida qishning uzoq tunlarida hammaslak do’stlari bilan sandal atrofida navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik gashti bilan ochlik, nochorlikni ham unutib yashaganlar. Tabiatan iqtidorli, sezgir bo’lgan yosh Rafiq ana shu g’azalxon muhitda tarbiya topdi. Maqolada Rafiq Mo’min va uning hayot yo’li haqida so’zlovchi ma’lumotlar bilan tanishasiz.