Orqaga
Quddusdagi nasroniylik dini haqida.

624 marta koʻrilgan

I asr

Quddusdagi nasroniylik dini

Xristian dini Levant oʻlkalaridan (Ispaniyada joylashgan) Rim imperiyasi boʻylab va undan tashqaridagi hududlarga ham tarqaldi. Dastlab, bu taraqqiyot muqaddas zaminda allaqachon tashkil etilgan yahudiy markazlari va Sharqiy Oʻrta yer dengizi boʻylab yahudiy diasporasi¹ bilan chambarchas bogʻliq edi. Xristianlikning birinchi izdoshlari ushbu eʼtiqodni qabul qilgan yahudiylar, yaʼni yahudiy nasroniylari boʻlib, ilk nasroniylik Apostollik davri²ni oʻz ichiga oladi va undan keyin esa Patristik davr³ keladi.

Dinning dastlabki tarqalishi

Iso vafotidan keyin uning izdoshlari Quddus kabi shaharlarda nasroniy guruhlarini tuzdi. Harakat tezlik bilan Damashq va Rim Suriyasi poytaxti hamda imperiyaning eng muhim shaharlaridan biri boʻlgan Antioxiyaga tarqaldi. Ilk masihiylar oʻzini birodar, shogird yoki avliyolar deb atagan. Ammo Havoriylar⁴ kitobining 11:26 bobida yozilishicha, ularga birinchi marta Antioxiyada masihiylar deb nom berilgan.

Quddusdagi nasroniylik dini haqida.

Havoriy Avliyo Pavlus. Avliyo Pavlus xushxabarni va’z qilmoqda, Cappella Palatina, Palermo, Sitsiliyadagi 12-asr mozaikasi / britannica.com

Quddus ibodatxonasi

Injil kitobiga koʻra, Quddus xristian cherkovining birinchi markazi boʻlgan. Apostollar hosil bayramidan⁵ keyin birmuncha vaqt u yerda yashab, taʼlim bergan. Kitobda qayd etilishicha, ilk cherkovni birinchi navbatda 12-apostol Butrus⁶ va oliy ruhoniy Yuhanno⁷ boshqargan.

Hirod Agrippa I (Yahudiyaning oxirgi shohi) Butrusni oʻldirmoqchi boʻlgach, u Quddusni tark etadi. Keyin esa Isoning ukasi Yoqub iskandariyalik Klement (taxminan 150–215 y.) tomonidan Quddus yepiskopi⁸ etib tayinlangan. Ushbu dastlabki davrda nasroniylik hali ham yahudiy mazhabi edi. Quddusdagi masihiylar yahudiylarning shanba kuni (diniy dam olish kuni)ni saqlab, maʼbadda ibodat qilishni davom ettiradi. Isoning tirilishini xotirlash uchun ular yakshanba kuni bayram taomiga yigʻiladi. Dastlab, nasroniylarda yahudiylarning dushanba va payshanba kunlari roʻza tutish odati mavjud boʻlgan. Keyinchalik Yahudoning xiyonati va xochga mixlanishini xotirlab, nasroniylarning roʻza kunlari chorshanba va juma kunlariga koʻchirildi.

Quddusdagi nasroniylik dini haqida.

Tit Flaviy Kliment (Iskandariyalik Klement — taxminan 150–215 y.) / wikipedia.org


[1] Yahudiy diasporasi yahudiylarning boshqa mamlakatga borib yashashini anglatadi;
[2] Anʼanaga koʻra, Isoning oʻlimidan oʻn ikki havoriyning oxirgisi vafotigacha boʻlgan davr;
[3] “Patristik” lotincha patres (otalar) soʻzidan olingan boʻlib, tarixda cherkov otalarining davri va yozuvlarini tasvirlash uchun ishlatiladi.
[4] Havoriylar kitobi — Iso koʻtarilganidan keyingi cherkov tarixini tasvirlaydigan yagona Injil kitobi boʻlib, u bizga cherkovning Quddusdan boshlanib Rim imperiyasining qolgan qismiga qanday oʻsishi va tarqalishi haqida qimmatli maʼlumot beradi.
[5] (Hosil bayrami kuni Pasxa kunidan boshlab ellik kunni nishonlaydi va Pasxa mavsumini tugatadi. Bu cherkov yilining asosiy bayrami hisoblanadi);
[6] Peterning arabcha shakli manbalarda Butrus deb berilgan ism, u Isoning 12 apostolidan biridir
[7] Yoʻyadaning oʻgʻli Yoxanan Bobil asirligidan qaytgan yahudiylar tomonidan Quddusdagi maʼbad qayta qurilganidan keyin beshinchi oliy ruhoniy edi
[8]Yepiskop – xristianlar cherkovida oliy diniy unvon va shu unvonga ega boʻlgan shaxs
 


Manba: britannica.com
Muqova suratlar: byu.edu / beyondwatchtower.com