Orqaga
Qozizoda Rumiy haqida ma'lumot.

563 marta koʻrilgan

1354–1426

Qozizoda Rumiy

XV asr boshlarida Movarounnahrda shuhrat qozongan ulkan matematik va astronomlardan biri Qozizoda Rumiydir. Olimning to’liq ismi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud. Qozizoda aslida hozirgi Turkiyaning shimoli-g’arbidagi Marmara dengizidan janubroqdagi Bursa shahrida tavallud topgan. Uning otasi Muhammad «Xoja Afandi» laqabi bilan ma’lum bo’lib, Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan. Xoja Afandi olim va komil inson bo’lib, ko’p yillar Bursaning qozisi lavozimida xizmat qilgan. Salohiddinning tug’ilgan yili ma’lum emas. Turkiy manbalarda u hijriy 755–765 (milodiy 1354–1364)-yillar orasida tug’ilgan, deb taxmin qilinadi.