Orqaga

971 marta koʻrilgan

VIII–XIX

Qoraqalpoq xalqining shakllanishi va siyosiy hayoti

Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpog’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Milodiy II–VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashgan. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida VIII–X asrlarda qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lishgan.