Orqaga

854 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug’chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo’linishi ancha kuchli edi. Har bir urug’ yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo’jalarning o’rni ham katta edi. Ovul boshlang’ich ma’muriy bo’g’in bo’lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi. Mirob suv taqsimlovchi hisoblangan. Biylik lavozimiga ilgarilari urug’ yig’inlarida saylangan bo’lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo’ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo’ldi.