Orqaga

948 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

Qoʻqon xonligida madaniy hayot

Qo’qon xonligining savdo va hunarmandchilik markazi bo’lgan Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, Namangan, Toshkent va boshqa shaharlari ayni paytda madaniyat markazlari ham bo’lgan. Chunonchi, birgina Qo’qon shahrida 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg’ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid faoliyat ko’rsatgan. Bu yerda XVIII–XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma’rifat olamida mashhur ijodkorlar yetishib chiqqan. Qo’qon xoni Umarxon esa ilm, madaniyat, adabiyot rivojiga, madrasalarda o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e’tibor bergan.