Orqaga

744 marta koʻrilgan

XVIII–XIX

Qoʻqon xonligida iqtisodiy hayot

Qo’qon xonligida aholi sun’iy sug’orish mahoratini mukammal egallagandi. Suvdan oqilona foydalanilardi. Xonlikda asosiy qishloq xo’jaligi ekini bug’doy bo’lgan. Shuningdek, meva, sabzavot va poliz ekinlarining deyarli barcha turlari yetishtirilgan. Chorvachilikda makkajo’xori va beda yetakchi o’rinda turgan. Xonlikda paxtachilik ham alohida o’rin egallagan. Farg’ona vodiysining ko’pgina dehqonlari paxtakor bo’lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning Markaziy Osiyodan, avvalo, Qo’qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga sabab bo’ldi.