17
Ulashish
1514 marta koʻrilgan
1200-yil
Qoʻl soatlar
Odamlar doimo vaqtni kuzatish bilan bogʻliq uzoq tarixga ega boʻlgan. Quyosh va suv soatlari 1200-yillarda birinchi mexanik harakat paydo boʻlishidan oldin vaqt oʻtishini kuzatish uchun ishlatilgan. Mexanik soatlar tarixini va ularning bugungi kunda biz taqadigan zamonaviy qoʻl soatlariga aylanish bosqichlarini tushunishimiz muhimdir.
Soat yasash tarixiga qisqacha toʻxtaladigan boʻlsak, birinchi mexanik soat 1275-yilda Angliyada Solsberi ibodatxonasida displeysiz, daqiqa takrorlagich sifatida ixtiro qilingan. Italiya bu rivojlanishga 3 ta yangi soat ixtirosi bilan ergashdi: birinchisi — astronomik soat, ikkinchisi — soatli qoʻngʻiroq va uchinchisi esa oddiy soatning vaqt, quyosh chiqishi va oy kunlariga amal qiladigan mustahkamroq versiyasi edi.
Bu dastlabki soatlar 1300–1400-yillarda temirni bukish va unga shakl berish qobiliyatiga ega boʻlgan temirchilar tomonidan yaratilgan. Ular butun uy va shahar boʻylab eshitiladigan, vaqtni oʻqish uchun display talab qilmaydigan qoʻngʻiroqlarni yaratdi. Birinchi choʻntak soat 1462-yilda yaratilgan boʻlib, u “choʻntak soat” deb nomlangan.
1500-yillarning oʻrtalarida Shveytsariya soat sanoati paydo boʻldi. Yangi materiallar, masalan, sariq mis, bronza va kumush koʻproq maʼqul koʻrildi. Soat ishlab chiqarishdagi eng katta omillardan biri islohotchi Jon Kalvin tomonidan zargarlik buyumlarining taqiqlanishi edi. Bu esa zargarlarning yangi – soatsozlik hunarini oʻrganishiga turtki boʻldi.
Choʻntak soatlari erkaklar garderobining asosiy qismiga aylandi, ular dastlab 1680-yilda daqiqa strelkasi qoʻshilguniga qadar faqat soatni koʻrsatar edi. Odatda bu portativ (koʻtarib yurishga qulay) soatlar taqinchoq sifatida boʻyinga taqib yurilgan, lekin angliyalik Charlz II choʻntak soat sifatida tanila boshlagan koʻchma soatni koʻproq himoya qilishga imkon beruvchi jiletni ommalashtirdi.
Dastlab soat yuzasini himoyalovchi oynalar boʻlmagan. Murakkab asosga ega oshiq-moshiqli qutilar 1600-yillarning boshlarida shisha keng tarqalmaguncha soatlar vaqtni koʻrsatish paytida qoʻlni himoya qilishi uchun moʻljallangan. Ushbu evolyutsiya davrida, bugungi kunda biz bilgan qoʻl soati mashhur boʻlmagan yoki kamdan kam uchragan. Aslida bilakka taqishni ommalashtirishga ayollar modasi yordam bergan.
Birinchi qoʻl soati 1810-yida Neapol qirolichasi uchun “bilakka taqiladigan oval shaklli takrorlagich” sifatida Abraham-Lui Brege tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu rivojlanish Bregening zamonaviy modeli — Reine de Naplesʼning yaratilishiga olib keldi. Vengriyalik grafiniya (shahar yoki tuman hokimasi) Koskovich ham bilaguzuk soat yasattirdi, bu safargi ishlab chiqaruvchi — mashhur Patek Filipp boʻldi. Ayollar bu bilaguzuk soatlarni taqishga koʻproq moyil boʻlgan, chunki uning qoʻlda boʻlishi elementlar koʻpayishiga sabab boʻlar edi, erkaklarning choʻntak soat taqishlarining boshqa bir sababi ham shu boʻlgan.
XIX asrda texnologiyaning yangilanishi ham kuzatildi, eng muhimlaridan biri ulgurji ishlab chiqarishdir. Bu boradagi mashhurlik Amerika Qoʻshma Shtatlarida birinchi marta Waltham Watch Companyʼda kuzatilib, rivojlanish arzonroq materiallar va oʻrashda yangi mexanikani yaratishga imkon berdi. Bu esa oddiy odamlar uchun soat sanoatining ochilishiga turtki boʻldi.
Girard Perrugaux kompaniyasi 1880-yillar oxirlarida nemis dengiz zobitlari uchun ulgurji ishlab chiqarilgan qoʻl soatlarini taqdim qildi. Lui Kartye, shuningdek, braziliyalik aviator Alberto Santos-Dyumont uchun choʻntak soatiga boshqa bir muqobil yaratish topshirigʻini oldi. Cartier Santos modeli 1904-yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, qoʻl boshqaruviga ega boʻlish va parvozlar vaqtini belgilash ehtiyojlarini qoplash uchun yaratilgan.
Birinchi jahon urushi askarlar uchun qoʻl soatlarini ommalashtirdi. Choʻntak soati askarga vaqtni kuzatib turgan holda jihozni olib yurishga imkon bermaydi. Natijada choʻntak soatlari harakatlarini takrorlaydigan qilib yaratilgan bilaguzuk qoʻl soatlar yaratildi. Askarlar oʻz soatlarini sotib olishi va urush fronti uchun ofitserlar toʻplamining bir qismi boʻlishi kerak edi. Soatsozlar soatlarni yorqin qoʻl soat boʻlishi va sinmaydigan kristalldan yasalish talablarini bajargan holda ularni oʻzi xohlaganlaricha loyihalashi mumkin boʻlgan. Soat kompaniyalari askarlarga koʻrinadigan hamma joylarga raqobatchisiniki qolib oʻz modelini sotib olishi uchun reklamalar yaratdi. Urushdan keyin xalq askarlar taqib yurgan qoʻl soati choʻntak soatiga nisbatan foydali ekanini koʻrdi.
Birinchi jahon urushidan keyingi yillar davomida soat sanoati yuksalishda davom etdi va yangi ixtirolar va patentlar chiqarildi. Faqat 1923-yildagina birinchi avtomatik soat ishlab chiqarilgan. Bundan oldin chuqur soatlar (choʻntak soat bilan qoʻl soatning dizayni aralashtirib yasalgan, asosan harbiy askarlar taqqan), ayollar bilaguzuklari va mexanik soatlar uchun kalitli yoki kalitsiz qoʻlda burash tizimi ishlatilgan.
Roleks 1920-yillarda dastlabki suv oʻtkazmaydigan soatlarni ixtiro qilgan. Breitling 1915-yilda qoʻl soatlarining birinchi xronograflaridan birini yaratdi. 1931-yilda LeCoultre & Cie, hozirda Jaeger-LeCoultre nomi bilan tanilgan, gʻilofni yon tomonga siljitish va uning kristalini polo bolgʻachasidan himoya qilish imkonini beruvchi, ajoyib Reversoʼni ishlab chiqardi.
Kvars-soatlarning 1970-yillarda inqirozga uchrashi “aqlli” soatlar rivojlanishiga olib keldi. Kvars devoriy va qoʻl soatlari elektron generatordan foydalanadigan vaqt koʻrsatkichlar boʻlib, ular juda aniq chastotali signal hosil qiladi, shuning uchun kvars devoriy va qoʻl soatlari mexanik soatlarga qaraganda aniqroq ishlaydi.
Umuman olganda, elektron logikaning baʼzi shakllari ushbu signalning davrlarini hisoblaydi va odatda soat, daqiqa, soniya birliklarda raqamli vaqtni koʻrsatishni taʼminlaydi. Bugungi kunda brendlar anʼanaviy soat modellarida ham, yangi “aqlli” soat modellarida ham yupqaroq, yengilroq soatlar yaratish uchun yangi materiallar bilan tajriba oʻtkazishda davom etmoqda.
Manba: thewatchbox.com Muqova suratlar: unsplash.com / pixabay.com