Orqaga
Qog'oz qachon ixtiro qilingan? Qog'oz vatani qayer?

964 marta koʻrilgan

m. a. II asr

Qogʻoz tarixi

Qog’oz vodorod bog’lanish bilan birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat yupqa materialdir. Yog’och, paxta yoki qog’ozni qayta ishlash yo’li bilan olinadi. Qog’oz — asosan, o’simlik tolalaridan tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil jinsdagi daraxt yog’ochi va bir yillik o’simlik sellyulozasi hamda yog’och massasidan ishlanadi. Qog’oz massasiga o’simlik tolalaridan tashqari turli qo’shimcha (to’ldirgich)lar, mas, oq tus beradigan, zich, silliq qiladigan, bo’yoq olish xususiyatini yaxshilaydigan mineral moddalar (kaolin, talk va boshqalar); siyohni yoyiltirmaydigan yoki qog’ozni puxta va zich qiladigan yelimlovchi materiallar (kanifol yelimi, kraxmal, smola va h.k.); bo’yagichlar, kimyoviy tolalar va boshqa qo’shiladi. Qog’oz dastlab (2-asr) Xitoyda olingan. Say Lun o’simlik tolalarining suvli bo’tqasini to’rdan o’tkazib, Qog’oz olishga muyassar bo’lgan. Bu usul ko’p vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-asrlarda Qog’oz ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi.